Mashinashunoslik

Mashinashunoslik — mashina- larni yaratish, ulardan samarali foyda- lanishga doyr nazariy bilimlar va ama- liy tavsiyanomalarni ishlab chiqish b-n shug’ullanadigan fan; mashinalarning qaysi tarmoqlarga oidligi va qanday vazifani bajarishidan kat’iy nazar mashinasozlikning umumiy masalalari va muammolari bo’yicha i. t. ishlari maj- muini qamrab oladi. M. fan va texnika taraqkiyoti asosini tashkil qiladigan fanlardan biri. Asosiy bo’limlari: ma- terialshunoslik, mashina va mexanizm- lar nazariyasi, mashinalar dinamikasi va mustahkamligi (mashina qismlarining dinamikasi va mustahkamligi va ko’tarish xususiyatlarini o’rganadi, q. Mashina detallari, materiallar qarshiligi), ishqalanish va eyilish na- zariyasi (mashina qismlarining o’zaro ta’sirlashuvi va shaklini o’zgartirishi, foydali ish koeffisientini oshirish va xizmat muddatini uzaytirish masala- lari b-n shug’ullanadi), mashinasozlik tex-nologiyasi, mashinalarni avtomatik boshqarish nazariyasi. Avtomatika, eromexanika, biomexani- ka, gidromexanika, gaz dinamikasi, ter- modinamika, issiklik texnikasi (teplo- texnika), kosmik mexanika, elektrotex- Nika, fizikaviy kimyo, texnikaviy dia- gnostika va b. soha hamda tarmoqlarning rivojlanishi M. taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Xalq xo’jaligining turli sohalari va tarmoqlarida M.ning ahamiyati katta. M. turli sohalar uchun avtomatik mashi- nalar va qurilmalar, vakuumda yuqori reaktsiya va b. omillar ta’sirida ishlay- digan mashinalar yaratishda M.ning naza- riy va amaliy tavsiyalari qo’l kelmoqda. M. taraqqiyoti turli bilim sohalarida ko’pgina muammolarni hal qilishga im- kon bermoqda. M. tarixi juda qadimga borib taqaladi. Arximednkpt daryodan suv chiqarish g’oyasi (q. Arximed Vin-ti), Le- onardo da Vinchi tuzgan nazariy loyiha (samolyotning nazariy jihatdan qushga qiyos qilinishi), Ahmad al-Farg’oniynnt ilmiytexnik jihatdan mukammal suv sathini o’lchash inshooti, Beruniynnng Gidrotexnikaga doyr nazariy g’oyalari M. fani kurtaklari hisoblanadi. Vaqt o’tishi b-n M. borgan sari rivojlanib, hozirgi darajaga etgan. Rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Frantsiya, Angliya, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va b.)da M. taraqqiyotiga katta ahamiyat beriladi. O’zbekistonda ham M. etakchi fanlar jumlasiga kiradi. Bu erda M.ga doyr i. t. ishlari deyarli barcha tex- Nika oliy o’quv yurtlari va un-tlarida, i. t. in-tlarida va, asosan, O’zbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi in-ti, «kibernetika» i. ch. birlashmasida, energetika va avtoma- tika in-tida olib borilmoqda. Uzbekistonda M. taraqqiyoti X. A. Raxmatullin, M. T. O’rozboev, V. Q. Qobulov, H. H. O’smonxo’jaev, A. D. Glush- chenko, o. V. Lebedev va b. olimlar nomi b-n bog’liq. Ko’rqmas Inog’omov.