MASS-SPEKTROMETRLAR

MASS-SPEKTROMETRLAR — moddaning ionlashgan zarralari (mo- lekula, atomlari)ni massalari bo’yicha aniqlaydigan (ajratadigan) asboblar. Ishi magnit va elektr maydonlarining bo’shliq (vakuum) dagi ionlar dastasi- ga ko’rsatadigan ta’siriga asoslangan. Statik va dinamik M.-s.lar bo’ladi. Statik M.-s.ning ishi o’zgarmas magnit va elektr maydonlardagi ionlarning t-raektoriyasi nisbati t/e ga bog’liq, bunda t—ion massasi, e— elektr zaryad. Dinamik M.-s.ning ishi esa, asosan, ion- larning manbadan kollektorgacha bo’lgan masofani o’tish vaqtiga yoki o’zgaruvchan elektr va magnit maydonlardagi tebra- nish davriga asoslanadi. Qayd qilish uslubiga ko’ra, M.-s. ionlar dastasini fotografik qayd qiluvchi va ion tokini elektr asboblar b-n qayd qiluvchi xil- larga bo’linadi. M.-s.ning asosiy qismlari: ion manbalari (tekshirilayotgan modda ion- lashib, ma’lum yo’nalishda ion dasta hosil qilinadi); analizator (asosan, ion manbaidan chiqayotgan ion dastasini ionlarning massasi, zaryadiga qarab bir necha ion dastaga ajratadi); qabul qilish qurilma-s i (bir yoki bir necha maxsus elektrodlar — ion kollektor). Ion kol- lektorlari ion toki kuchaytirgichlari va hisoblash asboblariga ulanadi. M.-s. da, shuningdek, tekshirilayotgan Gazsi- mon moddani ion manbaiga o’tkazuvchi qurilma, vakuum manometrlar sistema- si, ion tutqichlar, ion manbai va 10~7 — 10~5 mm sim. ust. bosimini vujudga kel- tiruvchi vakuum nasoslar bo’ladi. M.-s. ning ion manbai, analizator va ion toki kuchaytirgichlari turg’un tok manbaiga ulanadi. Atom yadrosi spektroskopiyasi- da maxsus spektrometrlar — alfa — va beta-spektrometrlari mavjud. M.-s. Fi- zika va texnikada, biologiya va tibbiyot, sanoat va b. sohalarda ishlatiladi.