Mastika (mum, saqich)
Mastika (mum, saqich) – mayda yanchilgan qo’shimchalar bilan organik bog’lovchilarning (bitumli, smola, polimer va boshqalar) plastik aralashmalari ko’rinishidagi materiallar. Tom yopish mastikalari, gidroizolyatsiya, germatizatsiyalaydigan va boshqalarga ajratiladi. Mastikani tayyorlash uchun quyidagilar qo’llaniladi: bo’r, ohak, gips, qum, maydalangan shisha, oltingugurt, oqsil, loy, kraxmal, mum va boshqalar. Masalan: asfalt mastikasi, bitumli mum moddasi, suv o’tkazmaydigan mum, suvga chidamli mum, zichlovchi mum, qora saqich, sovuq rezina-bitumli mastika, tsementli mastika va hokazolar.