Mastoidit
Mastoidit (Yun. Mastoids — siynasimon) — chakka suyagida- gi so’rg’ichsimon o’siq kataklari va suyak to’qimasi shilliq pardasining yallig’lanishi; aksariyat hollarda o’rta quloqning yiringli yallig’lanishi aso- rati (q. Otit). O’tkir va surunkali, shu- ningdek, birlamchi va ikkilamchi M. farq qilinadi. Quloq sohasida og’riqva noxushlik, umumiy ahvolning o’zgarishi, harorat ko’tarilishi, eshitishning susay- ishi, qulokdan yiring oqishi va b. kuza- tiladi. Ba’zan shu soxddagi yallig’lanish atrofidagi to’qimalarga tarqalishi va jarayon murakkab tus olishi ham mumkin. Davo kasallik alomatlariga qarab olib boriladi, asosan, o’tkir otitni o’z vaqtida davolash lozim. Mahalliy og’irroq hollarda jarroxlik usulida davo buyuriladi.