Mastopatiya

Mastopatiya (mastit va Yun. Pathos — azoblanish, dard), fibroadenoma- toz — sut bezi kasalligi (q. Sut bezla- ri), bunda, kupincha, sut bezining yuqori qismida har xil kattalikda, ushlagan- da qo’lga unnaydigan, og’riqli (ba’zan og’riqsiz) mayda qattiq tugunchalar pay- do bo’ladi. Ba’zan og’riq hayz davrida yoki undan oldin kuzatiladi. M., ko’pincha, yoshroq ayollarda uchrab, odatda, ichki se- kresiya bezlari (gipatalamo — gipofi — zar sistema, tuxumdon, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez) faoliyatining izdan chiqishi oqibatida vujudga keladi, bu uz- garishlarga jinsiy organlarning turli yallig’lanish kasalliklari va abort sa- bab bo’ladi. Bunda prolaktin urtasidagi nisbatning buzilishi hamda gipofiz- ning follakulni stimullovchi gormo- ni ko’p ishlab chiqarilishi mu-him rol o’ynaydi. M.ning diffuz, tu-gunli va proliferativ shakllari farq qilinadi. Sut bezida arzimagan uzgarishlar paydo bo’lganda darhol vrachga murojaat etish va M.ga sabab bo’lgan omillarni davolash lozim.