Matematik belgilar

Matematik belgilar — Mate- matikaga oid bilimlarni yozuvda ifo- dalash uchun qo’llanadigan belgilar. Tu- shunchalarni belgilash (mas, raqamlar, /, p), yozuvlarni qisqartirish (+,—, ±, <, >, ±, e), jumlalarni ixchamlashtiril- gan. M. b. matematik tafakkur mahsuli va vositasi bo’lib, bu fan rivojlanishi jarayonida paydo bo’lgan va takomilla- shib maxsus til darajasiga etgan. Ay- Rim raqamlar, qo’shish va ayirish belgi- lar kdd. Misrda uchraydi. M.b. Diofant (3-a.), Brahmagupta (7-a.), Abulhasan Qalasadiy (15-a.) asarlarida kengroq qo’llangan. Ulug’bekning «Ziji jadi- Di Ko’ragoniy» asarida ham ko’p atama- larning 1harflaridan belgi sifatida foydalanilgan. 17-18-a.larda Evropa matematiklari algebraik timsollardan keng foydalana boshlaganlar va bu mat. rivojida, xususan, differentsial va integral hisob shakllanishida muhim rol o’ynagan. Umuman, M. b. faqat yozuv- ni qisqartirish vositasigina bo’lib kolmay, balki timsoliy hisobga ayla- nib, matematik tafakkurga faol ta’sir ko’rsatadi. Hoz. zamon mat.sining ko’plab natijalarini rivojlangan va qulay bel- gilarsiz tasavvur qilish mumkin emas.