Matematik fizika
Matematik fizika — fizik jarayonlarning matematik modellari na — zariyasi. M. f.da asosan, nazariy fizi- kada qurilgan modellar matematik usul- lar b-n o’rganiladi. M. f. matematikada, fizikada va ularning birla-shuvi b-n alohida o’rin egallaydi. M.f. usullari fizikaning Mate- matik modellash nazariyasi sifatida da-stlab I. Nyuton asarlarida rivoj- langan. Keyinchalik M. f. usullari J. Lagranj, L. Eyler, J. Fure, K. Gauss, B. Riman, M. V. Ostrogradskiylar nomi b-n bog’liq. O’tgan aerning 2-yarmidan boshlab fizik maydonlar, elektrodi- namikada, akustikada, elastiklik naza- riyasida, gidro — va aerodinamikada va tutash muhitlar mexanikasida vujudga keluvchi matematik modellarni o’rganish keskin rivojlandi. Bunday fizik jara- yonlarni ifodalovchi modellarni Mate- matik usullar b-n hal qilish — xususiy hosilali differentsial tenglamalar yoki M. f. tenglamalari nazariyasiga tayanib amalga oshiriladi. Shu b-n birga M.f. muammolarini hal qilishda differen- tsial tenglamalardan tashqari, integral yoki integrodifferentsial tenglamalar, variasion, ehtimollar nazariyasi usul- lari, potentsiallar nazariyasi, kompleks funktsiyalar nazariyasi usullari, EHM va mat.ning boshqa bo’limlaridan foydala- niladi.