Materik muzligi

Materik muzligi — qutbiy o`lkalarda ba’zi orollarni (Grenlandiya, Baffin Yeri) va Antarktida materigini yoppasiga qoplab yotgan muzliklar. Materik muzligi plastik bo`lib, balandroq joylardan atrofga tomon sekin siljib borib, okeanga surilib tushadigan muzliklar hosil qiladi.