Matiss (Matisse) Anri Emil Be-Nua

Matiss (Matisse) Anri Emil Be-Nua (1869.31.12, Lekato, Pikardiya — 1954.3.11, Simez, Nissa yaqinida) — frantsuz rassomi va haykaltaroshi; fovizmnmng yirik namoyandasi. Pa- rijdagi Jyulian akademiyasida (1891 y.dan), bezak san’ati maktabi (1893 y.dan) va nafis san’at maktabi (1895— 99)da ta’lim olgan. Sharqsan’-atidan ilhomlangan; ayniqsa, Kamoliddin Behzod miniatyura maktabita mansub miniatyura asarlari uning ijodiga kat- ta ta’sir ko’rsatgan. M. ijodida hayot shavqi, quvonch baxsh etadigan narsalar anik, kompozisiya va sof ranglarda tas- virlanadi: «Qizilxona» (1908), «raqs», «Musiqa» (1910), «rassomning usta- xonasi», «qizil baliqchalar» (1911), «Musiqa darsi» (1916-17), «chig’anoqli natyurmort» (1940) va b. M. 1900-y.lar- dan haykaltaroshlik b-n shug’ullandi; grafik rassom sifatida gravyura, lito- grafiya, ofort asarlari yaratdi («Mavzu va variasiyalar», 1941 va b.), 1940 y.larda ko’proq rangli qog’oz b-n applikasiya usu- lida asarlar ishladi («jaz» turkumi, 1944-47 va b.).