Matrisa
Matrisa (lot. matrix — bachadon) — 1) metallurgiyada — metallarga bo- sim b-n ishlov berishda qo’llaniladigan shtamplarning ish qismi. M. sirti- da tayyorlanadigan buyum (detal)ning qiyofasiga mos botiq (yoki teshik) bo’ladi. Ana shu botiq (yoki teshik) ga shtampning ikkinchi qismi — puanson kiradi. M. yaxlit yoki qismlarga ajraladigan qilib yasalishi mumkin; 2) matbaada — harf, rakam yoki belgining tasviri tushirilgan metall plastinka yoki taxtacha (brusok). M.ning shriftlar quyiladigan (qo’lda harf terishda ishlatiladigan litera- larni quyish uchun), satr quyiladigan (q. Linotip) va harf quyiladigan (q. Monotip) xillari bo’ladi. Yuqori bosma qolipidan xo’llangan karton yoki plast- massaga botirib tushirilgan chu-qur nusxa ham M. deb ataladi. Bunday M.dan stereotiplar (q. Stereotipiya) yoki gal- vanostereotiplar (q. Galvanostereoti- Piya, Galvanotexnika) tay-yorlashda foy- dalaniladi.