Matu-Grosu

Matu-Grosu — Braziliyaning Jan.- g’arbiy qismidagi shtat. Mayd. 906,8 ming km2. Aholisi 2,49 mln. kishi (2000). Shingu daryosi havzasidagi o’rmonlarda indeys qabilalari saqlangan. Ma’- muriy markazi — Kuyaba sh. M.-G. Serra-dus-Paresis va Matu- Grosu qumli platolari b-n Braziliya yassitog’ligining g’arbiy yotiq yon bag’ri hamda Pantanal tekisliklarida joy- lashgan. Iqlimi yozi sernam, subekva- torial iqlim. Kuyaba sh.da o’rtacha oylik t-ralar 22-28°. Yillik yog’in 2000 mm va undan ortiq. Daryolari serostona. O’simlik dunyosi past bo’yli daraxt va butali savannalar, dare vodiylarida o’rmonlar hamda tropik botqoqliklardan iborat. M.-G. — Braziliyaning iqtisodi qoloq shtatlaridan. Iqtisodining asosini ekstensiv chorvachilik tash- kil etadi. O’rmon xo’jaligi (kauchuk, palma yong’og’i yig’ish) rivojlangan. Dehqonchilikda sholi, soya, makkajo’xori, maniok, shakarqamish, kakao, kofe ekila- Di. Foydali qazilmalardan kassiterit, oltin, olmos olinadi.