Matyoqubova Gavhar

Matyoqubova Gavhar (1948.18.10, Xorazm) — raqqosa, baletmeyster. O’zbekiston xalqartisti (2000). Urganch sh. musiqa bilim yurtini (1975), tosh- kent untini tugatgan (1980). 1962-75 y.lar K. Otaniyozov rahbarligidagi xo- razm ashula va raqs ansambli, 1975-91 y.lar K. Otaniyozov nomidagi Xorazm davlat filarmoniyasi raqqosasi, 1991— 98 y.lar Xorazm madaniyat boshqarmasi qoshidagi xalq ijodiyoti bo’lim boshlig’i, 1998 y.dan M. Turg’un-Boeva nomidagi «O’zbekraqs» birlashmasining «Xorazm raqs» viloyat bo’limi bosh ba- letmeysteri. M.ning raqslari sho’x va jo’shqinligi, ijro etilayotgan raqs maz- muniga alohida yondashishi, engil va ke- skin harakatlari, chiroyli xiromi b-n ajralib turadi. «Orazibon», «Gala Lay- lim», «Muxammasi bayoz», «Layla», «gul- dasta», «zuvoniy», «Nizongul», «Lazgi», «Chashmi siyo» (afg’oncha), «silsila» (to- jikcha), «kush depti» (turkmancha), «ka- natari» (hindcha), «Pokiston go’zali» (pokistoncha), «sham o’yini» (Arabcha) singari raqslarni ijro etgan. «Orol faryodi» (3 bo’lim), «Lazgi afsonasi», «Sumalak sayli», «Orazibon» (3 bo’lim), «Toshlar tilga kirganda», «qayroq Yan- graganda», «kelin salomi», «jazava raqsi», «Aliqambar», «dar-Panma» (3 bo’lim), «Muhammasi ush-shoq», «Xiva sanami» kabi raqslarni, Mustaqillik, Navro’z bayramlarida, Amir Temur, Ave- sto, Al-Farg’oniy, Berdaq yubileylarida va b. tantanalarning barchasida Xorazm raqslarini sahnalashtirgan. M. haqida «Jay-xun qizi» (1990), «qadriyat» (2002, 2 qismli) filmlari ishlangan. «Shuhrat» medali b-n taqdirlangan (1997).