Maunt-vilson astronomik rasadxonasi
Maunt-vilson astronomik rasadxonasi — Vashington Karnegi in-tining (AQSh) i.t. muassasasi, Kali- forniya shtatida joylashgan. 1904 y.da tashkil etilgan. Ko’zgusining Di-ametri 1,5 va 2,5 m bo’lgan teleskoplar 1917-18 y.lardayoq o’rnatilgan. Rasadxonada baja- rilgan tadqiqotlar Quyosh, yulduzlar, ga- laktika, tumanliklar va Galaktikamiz- dan tashqaridagi ob’ektlar va b. yulduz sistemalarini o’rganishda muxim rol o’ynadi. Rasadxona Quyoshni o’rganishga qaratilgan tadqiqotlar uchun ilk bor minorali teleskop, spektrogelioskop, spektrogeliograf va magnitograf kabi asboblar yaratildi. 1949 y.da rasadxona Maunt-Palomar astronomik rasadxonasi b-n birlashtirildi.