Mauntin-pass

Mauntin-pass — kamyob element- lar rudasining dunyodagi eng katta kon- laridan biri, AQShning Kaliforniya shtatida. 1949 y.da ochilgan, 1955 y.dan qazib olinadi. Kon kechki karbonatitlar guruhiga mansub. Mezozoy burmali obla- stida joylashgan. Asosiy kamyob minera- li — bastnezit (tomirdagi miqsori 15% gacha). Konning umumiy zaxirasi qariyb 5 mln. t, aniqlangani 3 mln. t ga yaqin. Ruda ochiq usulda qazib chiqariladi. Yo’lakay barit ham ajratib olinadi. M.-P.dagi korxonalar dunyoda olinayotgan kamyob elementlar mahsulotining qariyb yarmi- ni beradi. Mahsulotni, asosan, AQSh, shuningdek, boshqa rivojlangan mamla- katlarning metallurgiya, neftni kayta ishlash, keramika va oynashisha sanoati iste’mol qiladi.