MAVLONO ASHRAF
MAVLONO ASHRAF (15-asr) — shoir. Alisher Navoiyning zamondoshi. Xamsanavislarga ergashib, «Xamsa» yozgan. Navoiy «Xamsa» va «Majolis un-nafois» asarlarida Mavlono Ashraf ijodini ijobiy baholagan va dostonlarida originallikka intilganligini alohida ta’kidlagan. Zayniddin Vosifiy va Xondamir ham Mavlono Ashrafning badiiy qobiliyatini yuksak baholagan. Ayrim she’rlari bizgacha saqlangan.