MAVZOLEY
MAVZOLEY (Yunoncha Mausoleion) — qabr yoki mozor ustiga qurilgan mahobatli inshoot; Mavzoley nomi Kariya podshosi Mavsol (miloddan avvalgi 4-asr o’rtalari) sag’anasi nomidan kelib chiqqan. Mavzoley qadimgi Rimda, o’rta asrda Sharqda keng tarqalgan. Keyinchalik me’morlikda Mavzoley va minbar me’morligining uyg’unlashuvi Mavzoley uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Masalan, Moskvadagi Lenin, Sofiyadagi G.Dimitrov, Ulan-Batordagi Suxe-Bator va Choybalsan, Xanoydagi xo Shi Min va boshqalarning Mavzoleylari ayni paytda ham daxma, ham minbar bo’lib xizmat qiladi.