MAXDUMI A’ZAM MAJMUASI
MAXDUMI A’ZAM MAJMUASI -Samarqand viloyati Dahbed q.dagi me’- moriy yodgorlik (16-19-a.lar). Majmua mashhur Shayx, sufiylar namoyandasi Maxdumi A’zam nomi b-n bog’liq. Asli farg’onalik bo’lgan ul zot Samarqand hokimi Jonibek Sulton tomonidan Samarqandga taklif etilgan. O’g’li Is- Kandar Sulton uni o’zining piri deb e’zozlagan. Maxdumi A’zam 78 yoshida shu Dahbed q.da vafot etgan. 1610 y.da Yalangto’sh Bahodir boshchiligida xonaqoh va daxma qurilgan. 17-a.da esa katta mas- jid qad ko’targan. Keyinchalik Maxdu- mi A’zam avlodlari ham shu erga dafn qilingan. Nodir Devonbegi tomonidan atrofi devor (bal. 1,4 m) b-n o’ralib, ta’- Mir ipshari olib borilgan. Majmua shim.da hazira, Jan.da keng ayvonli katta masjid, yonida kichik mas- jid, sharqida darvozaxona, chillaxona va hujralardan tashkil topgan. Katta masjidxonaqoh 6 ustunli, 12 gumbaz- li, ayvoni 2 qatorli 14 ustundan ibo- rat. Kichik masjidga uzun yo’lak orqali o’tilgan. Masjid 2 ustunli, vassa Shift- li, ayvoni 4 ustunli, poy-ustunlari toshdan ishlangan. Haziradagi Maxdumi A’zam sag’anasi (bal. 1,7 m) kulrang Mar- Mar b-n qoplangan. Pastki qismidagi 9 ta marmar toshtaxtalar Maxdumi A’zam avlodlari, Yalangto’sh Bahodir va uning qizi iqlimga tegishli bo’lib, keying yillardagi ta’mir vaqtida hammasi bir joyga to’plangan. M.A.m. yaqinida Mino- ra va keng hovuz joylashgan. 1998 y.da majmua qayta tiklanib, atrofi Obodon- lashtirildi.