Maxmudov Mirxalil
Maxmudov Mirxalil (1947.2.1, Toshkent) — kompozitor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2000). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1971). O’zbek davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari rahbari (1974-78), O’zbekiston davlat konservatoriyasida o’qituvchi (1983 y.dan), dosent (2000). Simfonik asarlaridan 3 ta simfoniya (1si «Navo»), skripka va simfonik or- kestr uchun kontsert, kamer orkestri uchun syuita, «D. Shostakovich xotirasiga» po- ema, «muhammas va ufor» I-III; shuning- dek, «Toshkent zamini» kantatasi (E. Vohidov), «ona madhi» poemasi, «va- tan Shahnozi», «ona O’zbekiston», «elga bahor keldi» va b. qasidalar, «Toshkent sadosi» oratoriyasi, «sindirilgan ko’za» (S. Jamol), «Davlat bolalari» (R. Muhammadjonov), «To’ylar muborak» (u. Hoshimov) kabi musiqali drama va kome- diyalariga, 50 dan ortiq kinofilmlar («Kelinlar qo’zg’oloni», «utgan kunlar», «Chimildiq», «Bulbul», «Jaloliddin Mangu-berdi» va b.)ga musiqa bastala- gan. M.ning sara asarlari badiiy barka- molligi, milliy yorqinligi b-n ajralib turadi.