Maxno Nestor Ivanovich
Maxno Nestor Ivanovich (1889.20.10, Gulyaypole shaharchasi, za- poroje viloyati, Ukraina — 1934.6.7, Parij) — sovet rejimiga karshi Ukra- inadagi milliy harakat — maxnochi- lik (1918— 21)ning harbiy va g’oyaviy rahbari. 1905-07 y.larda Rossiyada bo’lgan INQ-ilob davrida anarxist- lar guruhiga kirgan. 1909 y. polisiya boshlig’ini o’ldirgani uchun surgun qilingan. 1917 y. Fev. Inqilobidan keyin qamoqdan ozod bo’lgach, Gulyaypo- Leda qurolli anarxistlar otryadini tuzgan. Okt. to’ntarishidan keyin dast- lab Avstriya— Germaniya, S. V. Petlyura (1879-1926) va A. I. Denikin otryadla- riga qarshi kurashgan. 1919 y. bahorda maxnochilik harakati Dnestrdan don da- ryosigacha bo’lgan katta hududga tarqalib, qizil armiya va sovet rejimiga qarshi ommaviy qurolli kurashga aylangan. 35000 kishilik qo’shin (asosan, otliklar) tuzilgan. 1920 y. bahor va yoz oylarida qizil askarlarga qarshi shiddatli Jan- glar bo’lgan. 1920 y. noyab.da M. qo’shiniga qarshi kurashga M.V. Frunze boshchili- gidagi kizil armiya qismlari safarbar qilingan. 1920 y. dek.da maxnochilarning Qrim guruhi tugatilgan. Turkistonda- gi ayrim qizil armiya qismlari ularga qarshi jangga tashlangan. Mag’lubiyatga uchragan M. kichik guruh b-n Ruminiyaga o’tgan. Ke-yinchalik u Frantsiyada yashab, SSSRga qarshi mafkuraviy kurashni da- vom ettirgan.