MAYN

MAYN— Germaniyadagi daryo, Reyn daryosining yirik o’ng irmogi. Uzunligi 524 kilometr, havzasining maydoni 27,2 ming kilometr:. Mayn Rotsr-M va Veyser-M irmoqlarining qo’shilishidan hosil bo’lali. O’rtacha balanllikdagi tog’lar orasidagi tor vodiy va sertepali tekisliklan oqadi. Qishda va bahor boshlarida suvi ko’payadi. O’rtacha suv sarfi 170 metr kub/sekund. Daryoning quyilish joyidan 400 kilometr masofada kema qatnaydi. Mayn havzisi Lyudvige kapali orqali Dunay daryosi suv yo’llari sistemasi bilan boglangan. Mayn vodiysida aholi zich. Daryo sohillarida Vyursburg, Frankfurtmayn va boshqa shaharlar joylashgan.