Mayorat
Mayorat (lotincha major-yirik, katta)-ko’chmas mulk (yer, uy-joy va boshqalar)ni meros qoldirish tizimi. Unga ko’ra, yer-mulkka egalik qilish huquqi eng katta o’g’ilga yoki yoshi ulug’ qarindoshga o’tgan. Mayorat tarkibida meros qoldirishning dastlabki ko’rinishlari qadimgi hind, yaxudiy qonunlarida, Afina huquq tizimida o’z ifodasini topgan. Xususan, qadimgi yahudiy qonuniga ko’ra, marhumning asosiy merosxo’ri katta o’g’li hisoblangan yoki u qolgan marhumning asosiy merosxo’ri katta o’g’li hisoblangan yoki u qolgan o’g’illardan ikki hissa oshiq ulush olgan. Mayorat tartibi XI-XIII asrlarda Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarining dastlabki huquqiy tizimlarida ham aks etgan. Mayyorat yirik yer egaligining yer mulkini bo’linib ketishdan saqlash va mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, qonun bilan rasmiylashtirilgan.