Mazdakiylik

Mazdakiylik-diniy-falsafiy ta’limot. Asoschisi-Mazdak. Mazdakiylar harakati Eronda keng tarqalgan. Mazdakiylik ta’limoti ijtimoiy tengsizlikni yo’qotish uchun kurashga da’vat etgan. Shuning uchun u mazdakiylik harakatining mafkurasi sifatida xizmat qilgaan. Mazdakiylar harakati bostirilgan bo’lsa ham (VI asr), mazdakiylik ta’limoti keyingi asrlar davomida Eron, O’rta Osiyo va Ozarbayjondagi dehqonlarning va shahar kambag’allarining (Muqanna, Bobak qo’zg’olonlari) kurash bayrog’i bo’lib qolgan.