Mazhab
Mazhab (Arabcha — yo’nalish, oqim, yo’l, ta’limot), shariat mazhablari — Islomda liniy huquq tizimlari va yo’nalishlari. 8-9-asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida huquqshunoslik — fiqh sohasida juda ko’p Mazhablar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda Sunniy to’rtta Mazhab — hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliilik (Mazhablar nomi ularning asoschilari: Abu Hanifa (Imomi A’zam), molik ibn Anas, Shofi’iy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir Mazhab — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat Mazhablari liniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi to’rttala Mazhab ham teng hisoblanadi, yirik musulmon universitetlarida to’rt mazqab bo’yicha aloqida dars o’qitiladi. Mazhablar umuman an’anaviy liniy huquq doirasidan chiqmagani holda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir Islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofi’iylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) Mazhablari, shuningdek, shialik tarkalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning huquqiy qayotida ja’fariylik Mazhabi o’z mavqeini ma’lum darajada saqlab kelmoqda. O’rta Osiyoda, xususan, O’zbekistonda xanafiylik Mazhabi keng yoyilgan.