Medal

Medal (Frans. medaille, lot. Metallum — metall) — biror voqea, arbob yoki joy sharafiga chiqariladigan, odatda 2 tomoniga tasvir tushirilgan va (yoki) yozuvi bo’lgan, ko’pincha, doyra, tuxum- Simon yoki ko’pburchakli shakldagi, har xil o’lchovli metall nishon. Aksariyat hollarda oltin, ku-mush, bronzadan tay- yorlanadi. M. Qadimgi Rimdayoq ma’lum edi. Lekin M. yasash san’ati 14-15-a. larda boshlangan (Italiya, Vizantiya). M. davlat yoki jamoatchilik mukofoti sifa- tida alohida xizmatlar, mardlik uchun, fan, madaniyat, sport sohasidagi katga yutuqlar uchun, yubiley sanalari munosa- bati b-n esdalik uchun, bironbir voqeada ishtirok etganlik uchun beriladi (yana q. O’zbekiston Respublikasining orden va medallari).