Mehmed Rauf
Mehmed Rauf (1875 — Istanbul -1931.23.12) — turk yozuvchisi. Dengizchi- lar bilim yurtini tugatgan (1893). Is- tanbuldagi elchilik kemalaridan biri- da aloqa ofitseri bo’lib xizmat qilgan. 1908 y. harbiylikdan iste’foga chiqib, tijorat b-n shug’ullangan. Ilk hikoyasi — «Tushkunlik» (1891, «Dushmush») adabiy jamoatchilik tomonidan yuksak baholangan. Ijodiy kamolotida Xolid Ziyoning ta’siri katta bo’lgan. M. R. bir qancha oq she’rlar, hikoyalar, romanlar («Qora Mar-varid», 1901, «talvasa», 1909 va b.) hamda «panja» (1909) pesa- sini yozgan. «Sentyabr» (1901, «Eylul») asari b-n turk psixologik romaniga asos solgan. Asarlaridagi asosiy mavzu sev- gi, muhabbat, insonning ruhiy holatini tasvirlash. M. R. «Chinnigul va yasmin» (1924), «yosh qiz qalbi» (1925), «may- munjon» (1926), «dafina» (1927), «qon tomchisi» (1928) romanlari, «Oshikrna» (1909), «xonimlar orasida» (1914), «Bir ishq tarixi» (1915), «uch hikoya» (1919), «ilk zavq» (1923), «Ishq kecha- lari» (1924) hikoyalar to’plami, «Ferdi va o’rtoklari» (1909), «kurash» (1911), «Suvsar» (1920) kabi pesalar mualli- Fi.