Mehmonxona
Mehmonxona — 1) turar joy- larda mehmon uchun mo’ljallab alohida qurilgan katta xona. O’rta Osiyo xalqlarida M. qadimdan mavjud bo’lib, odatda, tashqi hovlida eng qulay joyda 2 xona (dahliz hamda ichkixona) qilib qurilgan. M. hovli va uy mujassamoti- ning asosiy va muhim o’rnini egallagan, boshqa xonalarga nisbatan keng, baland, hashamatli qilib qurilgan, bo’yama va o’yma na-qshlar b-n serhasham bezatilgan. Har bir viloyatning M.lari o’ziga xos tu- zilishga ega bo’lib, taxmon va tokchalar ishlangan. Palak, gulko’rpa, choyshab, zar- devor, gilam va b. mehmon kutish uchun ke- rakli bo’lgan bu-yumlar b-n jihozlangan (yana q. Ahmad-bekhoji mehmonxonasi, O’zbekiston davlat amaliy san’at muze- pi va b.); 2) boshqa joydan mehmon bo’lib kelgan kishilar uchun vaqtincha yashab tu- rishga mo’ljallab qurilgan maxsus bino. Dastlabki M. ko’rinishidagi bi-nolar Ossuriyada (mil. AV. 10-a.) bo’lgan. Bu tur- dagi binolar turli xalqlarning yashash sharoitlari b-n bog’liq ravishda turlicha atalgan. Mac, O’rta Osiyoda karvonsaroy, rabot, «zoviya», arablarda «xon», Rossiya- da «Gostiniy dvor», «korchma», Frantsiya va Ispaniyada «taverna», «xarchevna», inglizlarda «Inna», yaponlarda «Ryokan» kabi. 18-a.dan boshlab Frantsiyada «ot- el» nomi b-n yuritila boshladi va h. k. Keyinchalik bu nom boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. Otel tipidagi M.lar ilk bor Rossiya (Moskva)da 1879 y. qurilgan (mas, «Grand-Otel» M.si, u 1959 y. «Mo- skva» M.si b-n birlashtirilgan). O’rta Osiyoda dastlabki M. Toshkentda 1905 y. qurilgan («Nasional», keyinchalik «Sharq» deb nomlangan). Aholining ma- Daniy va maishiy sharoiti o’sishi, savdo- sotiqning rivojlanishi, sayyoh va ishbi- larmonlarning o’zaro uchrashuvlari tur- li turdagi M.lar qurilishini tezlash- tirdi, shuningdek, poytaxt shaharlarida, dam olish maskanlarida, tarixiy Yodgor- liklar yaqinida ham ko’plab M.lar qad ko’tardi. O’zbekistonda zamonaviy mil- liy me’morlik an’analari, mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olib «Le Meridian Toshkent», «O’zbekiston», «Turon», «Afrosiyob», «Chorsu», «Buxo- ro», «Interkontinental», «Sheraton», «Dedeman silkraud», «Grand Mir» va b. mehmonxonalar bunyod etildi. Bundan tashqari, turli vazirlik va idoralarga qarashli M.lar («Lokomativ», «sayohat», «Kosmos» va b.), umumiy M., turistlar M.si, yo’lovchilar (aeroport, vokzal, AV- tovokzal va b.) M.si, sportchilar M.si, avtoturistlar M.si (motel, kemping va b.), zamonaviy klass, razryadga bo’lingan (4 va 5 yulduzli), jahon talablari- ga javob bera oladigan M.lar bunyod etilmoqda.