MEHNAT

MEHNAT — insonning biror-bir maqsadga qaratilgan ongli faoliyati bo’lib, u orqali inson o’z ehtiyojlarini qondirish uchun tabiat in’omlarini o’zgartiradi. Inson mehnati ikki yoqlama xarakterga ega: a) konkret mehnat — tovarning iste’mol qiymatini yaratadigan, biron-bir aniq ko’rinishga ega bo’lgan mehnat turi tushuniladi; b) abstrakt mehnat — tovar qiymatini yaratadi. “Abstrakt” (o’zbektilida “mavhum” degan ma’noni bildiradi) mehnatning aniq shaklidan qat’i nazar, umuman sarflangan ish kuchidir, jami ijtimoiy mehnat sarfidan iborat bo’ladi.