MEHNAT BUYUMI

MEHNAT BUYUMI — moddiy boyliklar ishlab chiqarish maqsadida kishining mehnati yo’naltirilgan buyumlar. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar kiradi. Mehnat buyumlari aylanma mablag’larga kirib, mehnat qurollari bilan birga ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.