Mehnat kodeksi
Mehnat kodeksi (MK) — mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat to’g’risidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchi- likning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shu- ningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo’yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to’g’risidagi qonunlar va b. normative hujjatlar b-n tartibga solinadi. Ama- liyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda bo-shqa normative hujjatlar, ayrim hollarda xalqaro mehnat tashkilotining konventsiyalari va xalqaro shart-nomalarning qoidalari ham qo’llaniladi. O’zR mehnat kodeksi O’zbekiston Respublikasi Konstitu- tsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. O’zbekiston Respublikasining MK 1995 y. 21 dek.da qabul qilinib, 1996 y. 1 apr.dan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qo’llanish doirasi, mehnatga oid mu- nosabatlarning sub’ektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish be- ruvchilarning vakilligi, jamoa shar- tnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. MKning maxsus qismi ishga joylash- tirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq to’lash; kafolatli to’lovlar va kom- pensasiya to’lovlari; mehnat in-tizomi; mehnat shartnomasi taraflarining mod- diy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga be- riladigan qo’shimcha kafolat va imtiyoz- lar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sug’urtasi masalalarini o’z ichiga oladi. MKning asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozori- ning samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharo-itlarini, xo- dimlarning mehnat huquklari va sog’lig’i himoya qilinishini ta’minlashga, mehnat unumdorligining o’sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko’maklashadi. Anvar Inoyatov.