Mehnat nizolari

Mehnat nizolari — amalda- gi mehnat to’g’risidagi qonunlar va b. normativ hujjatlarni tadbiq etish yoki yangi mehnat shartlarini belgilash yoxud mavjud shartlarini o’zgartirishga doyr masalalar bo’yicha yuzaga keladi- gan va qonunda o’rnatilgan tartibda hal etiladigan kelishmovchiliklar. M.n.ni hal etish b-n bog’liq barcha masalalar O’zRning mehnat kodeksi (259—281mod- dalar), fuqarolik prosessual kodek- si (1, 5, 6, 31, 110, 149, 158, 185, 219, 239, 259moddalar)da ko’rsatib o’tilgan. M.n. yakka tartibdagi M.n. va jamoaga doir M.n.ga bo’linadi. Ya kka tartibdagi M.n. — ish beruvchi va xodim o’rtasida mehnat to’g’risidagi qonunlar va b. nor- mativ hujjatlarni, mehnat shartnoma- sipz. nazarda tutilgan mehnat shartla- rini qo’llanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Jamoaga doir M.n. — ish beruvchi va xodimlar jamo- alari o’rtasida mehnatning yangi shart- larini belgilash va mavjud shartlari- ni o’zgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, o’zgartirish va bajarish yuzasidan kelib chiqqan ke- lishmovchiliklardir. Ish beruvchi b-n xodimlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar mehnat shatnomasida qatnashuvchi har 2 tarafning harakati yoki harakatsizligi natijasida kelib chiqishi mumkin. Har qanday kelishmovchiliklarhamM.n. da- rajasiga borib etmaydi. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar mehnat huquqi sub’- ektlari tomonidan turlicha baholanishi mumkin. Baholashdagi kamchiliklar M.n.ni ko’rib chiquvchi organga muroja- at qilingandan boshlab M.n. darajasiga borib etadi. M.n.ni mehnat nizolari komissiyasi va sud ko’rib chiqadi. Xodim mehnat nizo- sini hal qilish uchun, o’z xohishiga ko’ra, M.n. komissiyasi yoki bevosita sudga mu- rojaat etishga haqli. M.n., odatda, yo xo- Dimning mehnat huquqini buzish b-n, yoki asossiz talab oqibati b-n bog’liq bo’ladi. M.n.ga olib keluvchi keng tarqalgan saba- blar quyidagilar: mehnat to’g’risidagi qonunlarni buzish; xodimlarning o’z mehnat maj-buriyatlarini bajarmasligi yoki vijdonan bajarmasligi (progullar, ishga kech qolib kelish va b.) va ish be- ruvchi tomonidan qo’llaniladigan ta’sir choralariga noto’g’ri munosabatda bo’lish; ish beruvchi va xodimlarning amaldagi huquq normalarini turlicha tushunishi, xodimlarning o’z huquqyaarini noto’g’ri tushunishi va b. Gulnora Sarimsoqova.