Mehnat unumdorligi

Mehnat unumdorligi — ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi. Mehnat unumdorligi ishlovchining ma’lum vaqt (soat, hafta, oy, yil) davomida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan belgilanadi. Mehnat unumdorligi darajasi texnikadan foydalanish va mehnat qurollarini takomillashtirish, ish kuchining malakasi, mehnatning uyushtirilishi va boshqalarga bog`liq.