MEHNAT UNUMDORLIGI
MEHNAT UNUMDORLIGI — i.ch. jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; M.u. ishlovchining ma’- lum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi b-n o’lchanadi. I.ch. tarmoqlari va korxo- nalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini o’rtacha ish- lovchilar soniga bo’lish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi. M.u.ning o’sishi mahsulot birligini i.ch.da mehnat sarfining kamayishi de- makdir. M.u. yuqori bo’lsa, jami-yat har bir xodim hisobiga ko’proq mahsulot tay- yorlash, binobarin, o’zining o’sib borayot- gan ehtiyojlarini to’laroq qondirish im- koniyatiga ega bo’ladi. Mehnatning aso- siy kapital b-n ta’minlanishini yaxshi- lash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari va yangi texnologiyani joriy etish, i.ch. jarayonlarini avtomatlashtirish, xodim- larning malakasini va texnik tayyorgar- lik darajasini, madaniyatini, ma’lumo- tini oshirish M.u. o’sishining eng muhim omillaridandir.