Mehnatning muhofaza qilinish nazorati

Mehnatning muhofaza qilinish nazorati – mehnat inspeksiyasi ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligi talablarining bajarilishi va ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari tizimidir. Davlat nazorati har qanday mulk va tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxslarga, shuningdek, xodimlar mehnat munosabatlarida bo’lgan jismoniy shaxslarga nisbatan tekshirishlar o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.