Mehrob

Mehrob – masjid ichida uning qibla tomonidagi devor ichiga ishlangan ravoq shaklli joy, sajdagoh. Makka shahridagi Ka’ba tomonga yo’naltirib ishlanadi. Mehrob yarim aylana, ko’p qirrali, to’g’ri to’rtburchak shaklda ishlanib, tepasi ravoq, yarim aylana gumbazcha shaklida bezalgan.