Meksika tog’ligi

Meksika tog’ligi — shim. Ame- Rikaning Jan. qismidagi tog’lik, Meksi- ka hududining katta qismini egallagan. Mayd. 1,2 mln. km2. Keng yassitog’lik va uni o’rab olgan tog’tizmalaridan iborat. Shim.da Buyuk tekisliklar va Kolorado platosiga tutash. Aksari qismining bal. 1000-2000 m. M.t.ning Sharqiy chekka- sida Sharqiy Serra-Madre tog’lari, g’arbida G’arbiy Serra-Madre tog’lari bor. Jan.da o’chgan va harakatdagi vul- kanlar joylashgan. Orisaba vulkani (5700 m) M.t. va Meksikadagi eng baland cho’qqidir. M.t.ning zamini ohaktosh, qumtosh, mergeldan tuzilgan. Katta may- donlarni lavalar va allyuviy yotqiziqlar qoplagan. Rangli va Nodir metall konla- ri topilgan. Iqlimi tropik iqlim, Jan.da sernam, shim.da quruq. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 9-14°, ba’zan shamollar ta’sirida t-ra -20° gacha pasayadi. Iyulning o’rtacha t-rasi 15-20°. Yillik yog’in shim.da va ichki r-nlarida 200— 400 mm dan tashqi yon bag’irlarida 2000-3000 mm gacha. M.t.ning shim.dagi oqar suvlar mavsumiy xarakterga ega. Ko’llari sho’r suvli. Jan. dagi daryolar sevsuv, tektonik ko’l ko’p. Tuprogi shim.da gipeli va karbonatli, Jan.da bo’z, qo’ng’ir va qizil tuproqlar. M.t. o’simlik dunyosiga boy (8 mingdan ortiq endemik tur bor). Kaktus, agava, yukka, tikanli butalar, Jan.da savanna o’simliklari o’sadi.Tog’larning sernam yon bag’irlarida tropik o’rmonlar, 4000— 4500 m balandlikda subalp va Alp o’tloqlari mintaqasi mavjud. Hayvonot dunyosi, asosan, Nearktika zoogeografik oblastiga mansub. Aholi siyrak, faqat vodiy va soyliklarda yashaydi. Chorvachi- lik va dehqonchilik rivojlangan.