MELBURN UNIVERSITETI

MELBURN UNIVERSITETI — Avstraliyadagi yirik universitetlardan biri. 1853 yilda tashkil etilgan. Huquq, tibbiyot, qishloq xo’jalik, me’morlik, tabiiy fanlar, stomatologiya, iqtisodiyot va savdo, pedagogika, veterinariya, musiqa bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 23 mingga yaqin talaba ta’lim oladi. Kutubxonasi (1855 yil tashkil etilgan)da 700 mingga yaqin asar saqlanadi.