Melilit

Melilit (Yun. meli — asal va lithos — tosh) — silikatlar sinfiga mansub jins hosil qiluvchi mineral; okerma- nit-gelenit izomorf qatorining a’zola- ridan biri. Kimyoviy tarkibi: (sa, Na)2 (Mg, Al) [(Si, Al)2 O7]. Qo’shimchalari Mn2+, Fe2+. Taxtachasimon va qisqa ustunsimon. Tetragonal sistemada kri- stallanadi. Rangi och sariq, rangsiz. Asosan, donador agregat holida uchraydi. Qattikligi 5-6; zichligi 3,0— 3,3 g/sm3. Bazalt, olivinitlarda, gab-Broning ohaktosh va ishqorli jinslar b-n kon- taklarida hosil bo’ladi. O’zbekistonda Qurama tog’larida (G’ovasoyda) skarnmag- netit jinslar va rudalarda topilgan.