Melitopol

Melitopol — Ukrainaning za- poroje viloyatidagi shahar (1841 y.dan). Molochnaya daryosi bo’yida. T.y. stantsiyasi. Aholisi 178,1 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Mashinasozlik etakchi o’rinda. Yirik korxonalari: motor («Zaporojets» va «Volin» engil avtomobillari uchun kuch agregatlari ishlab chiqariladi), so- vitkichlar, traktor gidroagregatlari, oziq-ovqat mashinasozligi, compressor z-dlari. Oziq-ovqat (go’sht k-ti, sut, kon- serva, moy ekstraktsiya z-dlari), engil (tikuvchilik, trikotaj f-kalari) sano- atlari rivojlangan. Pedagogika va q.x. mexanizasiyalash in-tlari, 2 texnikum, 2 oliy bilim yurti, o’lkashunoslik muzeyi bor. M.ga 1784 y.da asos solingan.