Melodrama
Melodrama (Yun. melos — qo’shiq, kuy va drama) — musiqiysahnaviy janr. 18-a.da Evropa san’atida rivoj topgan. Qahramonlarning monolog va dialoglarm musiqa jo’rligida ijro etilganligi b-n ajralib turadi. Ilk namunasini J. J. Russo (1762, «Pigmalion» lirik sahnalari) yaratgan. Ma’rifatchilik dav- ri g’oyalariga asoslangan M. ga sahna ri- vojiga monand bo’lgan musiqaning jon — li va tabiiy ifodaviyligiga intilish xosdir. 19-a.da M. janri tamoyillari dramatik asarlarga yaratilgan musiqa (R. Shumanning «Manfred», J. Bizening «Arlezianka», J. Grigning «Per Gyunt» va b.)da o’z rivojini topadi. 20-a.da shak- llangan o’zbek musiqali dramasisa, N. Zokirovning «Soxilda to’qnashuv», HAB. Rahimovning «ona qalbi» kamer opera- larida ham M. elementlari mavjud.