Men qo’ltig’i

Men qo’ltig’i — Atlantika okeanidagi qo’ltiq, AQSh va Kanadaning Sharqiy qirg’oqlarida — shimoli- Sharqda yangi Shotlandiya va Janubi-g’arbda Keyp-kod yarim orollari bilan chegaralangan. Maydoni 95 ming km2. Chuqurligi 227 metr. Shimoli- sharqida Fandi qo’ltig’i bo’lib, bu yerda suv ko’tarilishi 18 metrgacha (dunyoda eng yuqori). Asosiy portlari: Boston va Portlend (AQSh), Sent-jon (Kanada).