Menandr

Menandr (Menandros; mil. AV. 343— 291) — yunon dramaturgi. Elli- nizm davri adabiyotining yirik vaki- li. M. Afina hayotining ijtimoiy va siyosiy masalalaridan ko’ra insonning shaxsiy turmushi manzaralarini kengroq yoritishga intilgan. 100 dan ortiq ko- mediyasidan bizgacha saqlangan «Hakim sudi», «qirqilgan soch», «Samoslik ayol» va b. asarlarida qahramonlarning ichki dunyosi, dardu alamlari, Sevinch va shodliklari tasvirlangan. M. davrning ilg’or falsafiy qarashlari mav- qeida turib, umuminsoniy masala- larga oid ijobiy fikrlarni bayon et- gan, jafokash qullarning aql-idrok va tadbirkorlikda o’z xo’jayinlaridan yuk- sakligini ko’rsatgan. M. ijodi keying davrlar dramaturgiyasi rivojiga katta ta’sir qilgan.