Mendeleev Dmitriy Ivanovich

Mendeleev Dmitriy Ivanovich [1834.27.1 (8.2), Tobolsk — 1907.20.1 (2.2), Peterburg (hoz. Sankt-Peterburg)] — rus kimyogar olimi va pedagogi. Pe- terburgdagi Bosh pedagogika in-ti fizi- kamatematika f-tining tabiiyot fanlar bo’limini tugatgan (1855). 1856 y.da Pe- terburg untida magistrlik dissertasiya- sini yoklaydi. 1859-61 y.larda Gelder- Berg sh.ga ilmiy xizmat safariga yubori- ladi. M. bu erda Gelderberg untining R. V. Bunzen boshchiligidagi lab.da ishlay- Di. 1861 y.da «organik kimyo» darsligi chop etiladi. 1865 y.da D-rlik disserta- tsiyasini yoqlaydi va Peterburg untining prof., 1876 y.dan Peterburg FA mux- bir a’zosi qilib saylanadi. 1893 y.da M.ning tashabbusi b-n o’lchov va tarozi namunalari deposi tarozi va o’lchovlar bosh palatasiga aylantiriladi. M. um- rining oxirigacha shu ishda boshqaruvchi (direktor) bo’lib ishlaydi. M.ning ilmiy faoliyati keng va ko’p qirrali bo’lib, eng asosiylari kimyo, kimyo texnologiya, fizika, metrologiya, meteorologiya, iqtisod va b.ga oid. Ki- myoviy elementlar davriy qonunining kashf qilinishi — M.ning buyuk xizma- tidir (q. Mendeleev davriy sistemasi). M. eritmalarning kimyoviy («gidrat») nazariyasini ishlab chikdi, kritik tra- ni kashf qildi (1860). Bir mol ideal gaz uchun bosim, hajm va t-ra orasidagi bog’liqlikni ifodalovchi holat tengla- masini (Klapeyron — Mendeleev ten- glamasi) hisoblab topdi (1874). Kumir- ni er ostida gazga aylantirish g’oyasini ilgari surdi (1888). Tutunsiz porox- ning yangi tarkibini topdi (1890) va uni i.ch.ni yo’lga qo’ydi. Moskva kimyotexnologiya in-ti va Tobolsk pedagogika in-ti M. nomi- ga qo’yilgan. Shim. Muz okeanidagi suv osti tizmasi, Kunashir orolidagi (ku- ril o.lari) so’nmagan vulkan, oydagi kra- ter, mendeleevit minerali M. sharafiga atalgan. 1955 y.da Amerika olimlari (g. Si- Borg va b.) sintez qilgan 101-element ni M. sharafiga mendeleeviy (Md) deb ata- dilar. As: Sochineniya, T., 1-25. L.—M, 1937— 54. Ad.: Makarenya A. A., Filimonova I. N., Karpilo N. G., D. I.Mendeleev v vos- pominaniyax sovremennikov, 2 izd., M., 1973.