Mener kasalligi
Mener kasalligi — ichki quloq kasalligi, bunda endolimfa Su- yukligi ko’payib, ichki quloq bosimi oshadi. Kasallik dambadam kuchli bosh aylanishi b-n o’tadi. M.k.da bemorning ko’ngli behuzur bo’lib, qayt qiladi, ba’zan qulog’i shang’illab, yaxshi eshit- maydi; xuruj vaqtida bemor o’zini ido- ra qila olmay qoladi, yurolmaydi va hatto o’tirolmaydi. Xurujdan so’ng u, odatda, o’zini sog’sezadi, biroq buni sog’ayish deb bo’lmaydi. Kasallik xuru- Ji qaytarilib turadi (haftada yoki oyda 1 marta). Xuruj takrorlangani sari be- mor sekin eshita boshlaydi va bora-bora kar bo’lib qolishi mumkin. Ichki quloq yallig’langanda, miya va miyacha zararlan- ganda va b. kasalliklarda ham shunga o’xshash hodisalar ro’y beradi. Bunday alomat paydo bo’lganda darhol vrachga ko’rinish va vaqtida davolanish zarur.