Meningokokk

Meningokokk (Yun meninx, raeningos — miya qobig’i va kokkos — don) — epidemik tserebrospinal menin- git kasalligini qo’zg’atuvchi mikroorga- nizm; kokklarta kiradi, juft sharsimon (diplokokk) ko’rinishda bo’ladi. M.lar Neisseriaceae oilasi Neisseria urug’iga mansub. M.ning (Neisseria meningitidis) sof kulturasini avstriyalik olim A. Vekselbaum 1887 y. meningit b-n og’rigan bemorning orqa miya suyukligi- dan ajratib olgan. M.lar tashqi muhit va dezinfektsi-yalovchi eritmalar ta’siri- ga chidamsiz. Tabiiy sharoitda M.larga hayvonlar chidamli. M.ning, asosan, A va V guruhlari ko’p uchraydi.