Menuxin (Menuhin) Iegudi

Menuxin (Menuhin) Iegudi (1916.22.4, Nyu-York — 1999, 11.3, Ber- Lin) — amerikalik skripkachi, dirijyor, musiqa jamoat arbobi. 20-a. skripka ij- rochiligining yirik namo-yandasi. YUNE- SKO qoshidagi xalqaro musiqa kengashi (IMC) prezidenti (1971-75). 7 yoshidan kontsert faoliyatini boshlagan. A. Bush va J. Eneskudgm ta’lim olgan. Gshtad (Shveytsariya, 1957) va Bat (Angliya, 1958) musiqa festivallari, Stok-D’ Abernonda (Angliya, 1964) iste’dodli bolalar uchun maxsus musika maktabi tashkilotchisi. Ijro uslubiga teran mazmundorlik, samimiylik, shuningdek, favqulodda kuychanlik va virtuoz mahorati xosdir. Repertuaridan klassisizm va romantizm (I. S. Bax, G. Gendel, L. Betxoven, F. Mendelson, R. Shuman, P. Chaykovskiy va b.) namunalari qatori 20-a. kompozitor- lari (u. Uolton, B. Britten, J. Enesku, B. Bartok, B. Martinu, E. Blox, K. Xin- Demit, S. Prokofev va b.)ning asarlari o’rin olgan. M. ijrolarida Sharq musika (jumladan, hind raga) an’analari ham o’z ifodasini topgan: 1960 y.dan boshlab M. Ravi Shankar b-n birgalikda o’ziga xos duet tarzida kontsertlar bergan. Butun dunyo bo’ylab, skripkachi hamda dirijyor si-fatida kontsert bergan. Musiqa mada- niyatiga qo’shgan buyuk xizmatlari uchun Angliya lordi unvoniga sazovor bo’lgan (1993). M. nomidagi xalqaro musiqa jamg’armasi (1991 y.dan Bryusselda), qator mamlakatlarda skripkachilar tan- lovlari, iqtidorli yoshlar uchun muko- fotlar, musiqa o’quv yurtlari mavjud.