Meridian
Meridian (lotincha meridianus — tush payti) — Yer yuzasidan o`tib har ikkala qutbni tutashtiruvchi faraziy chiziq; uning barcha nuqtalari bir xil geografik uzunlikka ega bo`ladi. Meridian bo`ylab geografik kenglik hisoblab chiqariladi; ekvatordan shimolda shimoliy kenglik janubda janubiy kenglik bo`ladi. 0 daraja bilan ko`rsatilgan meridian bosh meridian deyiladi. Bosh meridian deb London yaqinidagi Grinvich observatoriyasi meridiani qabul qilingan.