Merkator
Merkator (Mercator; Kremerning lotinlashtirilgan familiyasi) Gerard (1512.5.3-1594.2.12) — flamand xarita- grafi. Aniq optik asboblar tayyorlash va xaritalar nashr qilish b-n shug’ullangan. 1552 y. Duysburg sh. (Germaniya)ga ko’chib o’tgan. Mavjud xaritagrafik material- larni tanqidiy qarab chiqib, M. xarita- lar tuzishning yangi, matematik asoslan- gan printsiplarini, xususan bir nechta xaritagrafik Pro-ektsiyalarni taklif etdi; bulardan eng mashhuri teng burchak- li tsilindrik proektsiya asosida tuzil- gan dunyo xaritasi (1569) (q. Merkator proektsiyam). Bu proektsiya jahonda eng ko’p tarqalgan va o’sha vaqgdan hoz. qadar bu proek-tsiyada burchaklarni aniq tas- virlovchi dengiz navigasiya xaritalari, Aeronavigasiya va b. xaritalar tuziladi. M. Er magnetizmini tadqiq qilib, mag- nit qutbi koordinatini hisoblab chiqdi. Asosiy ilmiy ishi — Evropa mamla- katlarining «Atlas» deb atalgan xari- talari to’plami (1595, vafotidan keyin nashr qilingan). «Atlas» so’zboshisida geografiya predmeti va vazifalari bayon qilingan. Ad.: Salitshev K. A., Osnovi kartove- deniya. Chast Istoricheskaya i kartografi- cheskie materiali, M., 1948.