«Merkuriy»
«Merkuriy» — AQSh ning Yerga yaqin orbita bo’ylab uchish uchun mo’ljallangan bir o’rinli kosmik kemalari nomi va ularni ishlab chiqish hamda uchirish dasturi. «Merkuriy»ning asosiy vazifasi: kosmonavt boshqaradigan sun’iy yo’ldoshni geosentrik orbitaga chiqarish va uning yerga muvaffaqiyatli qaytishini ta’minlash, shuningdek, insonning kosmik fazoda ishlash imkonini tekshirish. Uchishdagi maksimal massasi 1,36 tonna; kabinasining hajmi 1,5 m3. Bortida kosmonavt bo’lgan birinchi «Merkuriy» kema-yo’ldosh orbitaga chiqarilgunga qadar eksperimental namunalari uchirilgan. 1962-63 yillarda bortida kosmonavtlari bo’lgan 4 ta «Merkuriy» «Frendship—7» (J. Glenn), «Avrora» (S. Karpenter), «Sigma-7» (U. Shirra), «Feyt-7» (G. Kuper) uchgan. 1963 yildan keyin «Merkuriy» uchirish to’xtatilgan.