Merton (Merton) Robert
Merton (Merton) Robert (1944, Nyu-York) — amerikalik iktisodchi. Kaliforniya texnologiya in-ti magis- tri (1967), Kembridj (Massachuset texno- logiya in-ti) unti prof. (1969— 1980), Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byu- rosi direktori (1979), Garvard unti qoshidagi ish boshqaruvchilar oliy maktabi prof. Ilmiy ishlari noma’- lumliklar iqtisodiyoti, axborotlar, matematik iktisodiyot va modellashti- rish, moliya va investisiya masalalariga bag’ishlangan. M. ikkilamchi qimmatli qog’ozlar yoki «derivativ»larning opsi- onlari qiymatini baholashda foydala- niladigan «Blek-Skoulz formula»sini echishning yangi uslublarini yaratdi. Na- tijada bu formuladan keng foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi. Nobel mukofo- ti laureati (1997; M. Skoulz b-n birga-likda).