Meta-, orto-, para-

Meta-, orto-, para- (qisqartmada m-, o-, n-) — ikki o’rinbosarlarning, asosan, benzol yadrosida joylashgan holatini (1, 2-orto, 1,3-meta, 1,4-para) belgilash. Metan qatori birikmalar- ning nomlanishida ham sh.k. belgilashlar qabul qilingan. «Orto» va «meta» Pre- fikslari kislotalar va ularning turli darajada gidratlangan hosilalarining trivial nomlanishida qo’llanadi. Kis- lotalarning orto-shakllarida marka- ziy atomdagi on guruhlarining soni eng ko’p bo’ladi. Mac, H4SiO4[Si(OH)4] — ortosilikat kislota yoki ba’zi or- ganik kislotalarning gidratlangan shakllari, mas, NS(on)3— ortochumoli kislota, S(on)4—ortokarbonat kis- lota (ko’rsatilgan kislotalar efirlar ko’rinishidagina barqaror). Kislota- larning metashakllari — ortokislo- talarning degidratlangan shakllari- dir, mas, H2SiO3 — metasilikat kis- lota. «Para» prefiksi polimerizasiya mahsulotlarini nomlashda qo’llanadi, mas, (CN)n — parasian, (SN3SNO)p — paraaldegid. «Orto» va «para» prefikslari vodo- rodning ikki holatini belgilashda ham qo’llanadi.